13:46 / 05.01.2024
2986

O‘zbekiston Kuvayt bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtiryapti 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Kuvayt kompaniyasi prezidenti hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini kelishib oldi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Kuvaytning Petroleum Dynamics kompaniyasi prezidenti Ahmad al-Utaybiyni qabul qildi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, jumladan, Kuvayt sarmoyalarini O‘zbekistonga jalb etish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Petroleum Dynamics kompaniyasi bilan hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top