19:02 / 16.01.2024
3021

Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi 

Uchrashuvda YeI bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. 

Uchrashuvda YeI bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Keyingi yillarda hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Qayd qilinishicha, YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi» amalga oshirilmoqda. «Markaziy Osiyo - YeI» birinchi sammitini O‘zbekistonda tashkil etish ishlari olib borilmoqda. 

Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik investorlar forumi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo jadal o‘sib bormoqda, o‘tgan yili uning hajmi 30 foizga oshgan. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top