09:42 / 20.01.2024
2778

Buxoro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi

Buxoro aeroportida tuman kuzatilmoqda, ko‘rish masofasi 100 metrga teng.

Foto: Uzbekistan Airports

Bugun, 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:08 dan boshlab Buxoro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Buxoro aeroportida tuman kuzatilmoqda, ko‘rish masofasi 100 metrga teng.

Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha uchgan US-803 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, bortida 58 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da Samarqandga qo‘ndi.

Mavzuga oid
Top