07:10 / 20.01.2024
4600

Toshkentda psixotrop moddalarni daraxt tagidan kovlab olayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida psixotrop moddalarni daraxt tagidan kovlab olayotgan shaxs qo‘lga olindi. 

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, 16 yanvar kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘limi hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xususiy turar joylar yaqinidagi daraxtlarning biri tagidan psixotrop moddalarni kovlab olayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu shaxs 26 yoshli fuqaro A.X. ekani aniqlangan. Unga mazkur joy manzilini Telegram orqali yuborishganini, shuningdek, psixotrop va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi orqasida turgan shaxslarni tanimasligini bildirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Top