12:20 / 25.01.2024
2017

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlar uchun imtiyozlar berildi

Prezident «O‘zbekiston prezidenti va O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.  

Foto: Getty images

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran uch yil muddatga, quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • ushbu qurilmalar bo‘yicha - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha - yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo‘yicha - foyda solig‘ini;
  • uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini.

Qurilmalar o‘rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo‘lmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan taqdirda, soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab o‘n yil muddatga qo‘llanadi.

Mazkur soliq imtiyozlari jismoniy shaxslarga ular tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilganda har bir obekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.

Bunda soliq imtiyozlarining yillik miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha - bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa - bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi lozim.

Top