20:29 / 05.02.2024
7152

Buxoro va Kogonda jamoat transporti yo‘lkira haqi oshdi

Yo‘lovchi tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi 2 ming so‘m etib belgilandi. 

Foto: Transport vazirligi

Buxoro viloyati markazi va Kogon shahrida jamoat transporti yo‘lkira haqi oshdi. 

Bu haqda viloyat hokimining «Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida»gi qarori 3 fevral kuni imzolandi. 

Qarorga asosan, Buxoro va Kogon shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida (avtobus va yo‘nalishli taksi) yo‘lovchi tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘lkira haqi) 2 ming so‘m etib belgilandi. 

Avvalroq, Toshkent viloyatida avtobusda yo‘lkira narxi 1,5 ming so‘m, yo‘nalishli taksilarda 2 ming so‘m etib belgilangan edi.

 

Mavzuga oid
Top