10:39 / 08.02.2024
3665

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Dovonda qalin qor yoqqani sababli 9 soat 40 minut davomida avtomobillar harakati cheklanib turdi.

Foto: Kun.uz

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizati.

Ma’lum qilinishicha, Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib borgan. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida joriy yilning, 8 fevral kuni soat 10:30 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan. 

Oldinroq qalin qor yoqqani sababli 8 fevral kuni soat 00:50dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani hamda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotgani xabar qilingandi.  

Top