08:30 / 12.02.2024
18515

Toshkent yana jahondagi havosi eng iflos shaharlar o‘nligiga kirdi 

12 fevral soat 8:22da Toshkent shahri havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egalladi, havo darajasi - «zararli».  

Foto: Kun.uz

11 fevral soat 22:00 holatida Toshkent havoning iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa chiqdi: havoning iflosligi 189 deya baholandi. Bu ko‘rsatkich ba’zi hududlarda hatto 200 dan ham oshgan.  

Havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 124.5 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 24,9 marta ko‘proq.

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, 2024 yil 12 fevral soat 8:00da Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 67,1 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 13,4 marta ko‘p. 

IQAir veb-saytida soat 8:22da O‘zbekiston poytaxti havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egalladi, havo darajasi - «zararli».  

Top