21:27 / 03.05.2024
2321

O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda

Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini chaqirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va China CAMC Engineering kompaniyasi raisi Van Bo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Qayd qilinishicha, O‘zbekistondagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 

Bundan tashqari, ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. 

Shuningdek, tomonlar havo sifati monitoringi va ekologik qoidabuzarliklarga javob berishning onlayn tizimi hamda chiqindilarni yig‘ish va tashish uskunalarini kuzatish tizimi bilan tanishish maqsadida dispetcherlik va onlayn monitoring markazini ko‘zdan kechirgan.

Mavzuga oid
Top