12:58 / 26.02.2024
2811

Kuvayt O‘zbekistonda tibbiyot o‘quv markazini ochish taklifini bildirdi 

Kuvayt bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston elchixonasida Kuvaytning Adan Hospital klinikasi shifokori, yirik sarmoyador Muhammad Hasan al-Kandari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda tibbiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda amalga oshirilgan va oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar muhokama etildi. 

Tomonlar O‘zbekistonda yosh bolalarda ko‘z va yurak bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashdi.

Kuvayt vakili O‘zbekistonda Training center tibbiyot o‘quv markazini ochish taklifini bildirdi. Ta’kidlanishicha, markaz o‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralarni malakasini oshirish orqali Kuvayt shifoxonalariga ishlash uchun jalb qilinadi.

Muzokaralar yakunida mazkur masalani batafsil muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Top