13:46 / 27.02.2024
1258

O‘zbekiston va Kuvayt qishloq xo‘jaligida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston elchixonasida AlMawashi kompaniyasi raisi o‘rinbosari, savdo sektori rahbari Mo‘taz Yasin bilan uchrashuv o‘tkazildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Mo‘taz Yasinga o‘zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda AlMawashi kompaniyasi vakillari o‘rtasida Kuvayt tomonini qiziqtirgan mahsulotlarni import qilish masalalarini amaliy muhokama qilish uchun onlayn muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, Mo‘taz Yasin yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatdagi fermer xo‘jaliklari vakillari bilan muzokaralar olib borish, shuningdek, o‘zbek asal mahsulotlarini olib kelishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Top