10:22 / 02.03.2024
10468

“Buning oxiri o‘lim”: Cintetik narkotiklar qanday ta’sir qilishi haqida giyohvandlar tilidan

Sintetik moddalarni iste’mol qilgandan keyin odam hamma narsaga befarq, ishtahasiz bo‘lib qoladi, hatto bir haftagacha uxlolmasligi mumkin. “Qo‘limni kuydirganimni faqat ertasiga bilardim. Og‘riq sezmaysiz. Tishimda kariyes bor edi, bu modda ta’sirida deyarli hamma jag‘ tishlarimni yo‘qotdim. Tishim og‘rigani o‘zimga sezilmagan, kariyes bo‘laverganini bilmay qolganman”, deydi ulardan biri.

Sintetik moddalar iste’molidan keyin o‘zida qanday jarayonlar sodir bo‘lgani haqida shaxsi sir tutilishini istagan qahramonlar Kun.uzʼning Subektiv loyihasiga so‘zlab berdi.

Ulardan birining ta’riflashicha, sintetik moddalarga o‘rganib qolish haddan tashqari ozg‘inlikka sabab bo‘ladi. Moddani iste’mol qilgan kishi umuman ovqatlanmaslik, qatorasiga bir necha kun uxlamaslik holatiga tushishini aytadi.

2-3 kunlab uxlamaydi inson. Orada bir ko‘z ilinib ham qolmaydi, hatto bir haftagacha uxlay olmaslik mumkin. O‘zim 7 kun uxlamagan insonni ko‘rganman”, – deydi ulardan biri.

Yana bir qahramon moddani qabul qilganda og‘riq sezmaydigan bo‘lib qolganini aytadi.

Qo‘limni kuydirganimni faqat ertasiga bilardim. Og‘riq sezmaysiz. Tishimda kariyes bor edi, bu modda ta’sirida deyali barcha jag‘ tishimni yo‘qotdim. Tishim og‘rigani o‘zimga sezilmagan, kariyes bo‘laverganini bilmay qolganman. Tishlarimning nervlari o‘lib, sinib, o‘zi to‘kilib tushdi. 1-2 ta jag‘ tishimni o‘zim olib tashladim, qolganlari yo singan yoki kasallanib ketgan. Bu jarayonni shu modda ta’sirida sezmaganman”, – deydi u.

U bu modda ta’siridagi odamga hech nimaning farqi bo‘lmay qolishi, hatto odam o‘ldirish yoki o‘g‘rilikka ham befarq bo‘lib qolganini aytadi.

Videoda shuningdek, sintetik moddalar ichki organlarni tom ma’noda yemirishi, miyadagi neyron hujayralarni birma-bir ishdan chiqarishi, bunday moddalarni iste’mol qilishning oxiri o‘lim ekani aytiladi. 

Mavzuga oid
Top