21:12 / 19.03.2024
27681

Taniqli sharhlovchi Vasiliy Utkin vafot etdi

Uning sog‘ligida muammolar bor edi - yuragi xasta bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Rossiyalik taniqli sharhlovchi, jurnalist va «Egrisi» futbol klubi egasi Vasiliy Utkin 52 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov o‘z telegram-kanalida xabar bergan.

«Yuragiga nimadir bo‘libdi. Qo‘rqinchli!» — deya yozgan Karpov.

Baza ma’lumotiga ko‘ra, 19 mart kuni Utkin shoshilinch ravishda Moskvadagi Pirogov nomidagi shifoxonaning kardiologiya bo‘limiga olib ketilgan. Shifokorlar unga o‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi tashxisini qo‘yishgan. Jurnalistni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulashgan, ammo reanimatsiya harakatlari samara bermagan. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi keltirilgan.

Vasiliy Utkin 1972 yil 6 martda Balashixada tug‘ilgan. Moskva pedagogika davlat universitetida filologiya fakultetini tamomlagan.

Utkin 1990-yillar o‘rtalarida NTV va «NTV-Plyus» kanallarida futbol sharhlovchisi, jurnalist va «Futbol klubi» ko‘rsatuvi teleboshlovchisi sifatida shuhrat qozongandi. 2010 yil 1 sentabrdan 2015 yil 31 avgustiga qadar Utkin «NTV-Plyus» sport kanallarida bosh muharrir lavozimida ishlagan. Shuningdek, «Match TV» va Eurosport telekanallarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yil iyunda Utkin «Futbol klubi» dasturini YouTube’dagi mualliflik kanalida qayta tiklagandi.

«TEFI» 2004 va 2005 yillarda «Eng yaxshi sport sharhlovchisi» nominatsiyasida «TEFI» mukofoti laureati bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top