O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Manish Prabxat Hindistonning mamlakatdagi elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayapti.
“Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deya ma’lum qildi Baxtiyor Saidov.
Manish Prabxat Hindiston diplomatik missiyasini 2020 yil oktyabr oyidan beri boshqarib kelmoqda.