07:50 / 12.04.2024
12573

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi ma’lum qilindi

2023 yilda aholining o‘rtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi qancha ekani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisining o‘rtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jinsi bo‘yicha:

  • erkaklar uchun – 28,3 yosh;
  • ayollar uchun –  29,7 yosh o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.

Top