Jamiyat | 16:20 / 20.04.2024
23899
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Volkswagen va Spark mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida 21 yoshli haydovchi vafot etgan. 

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Marg‘ilon shahrida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 19 aprel kuni sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. Volkswagen mashinasini Marg‘ilon shahar N.Xolmatova ko‘chasida boshqarib borayotib, Spark bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Spark haydovchisi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. hodisa joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Spark haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish oqibatida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgani va to‘g‘risidan kelayotgan mashina bilan YTH sodir etganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ikkita Nexia mashinasi o‘zaro to‘qnashgani va haydovchilardan biri halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid