16:05 / 04.05.2024
2355

Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Unda chegaralarni demarkatsiya qilish ishlari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘i bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.

Foto: "Dunyo" AA

Joriy yilning 29 aprel-4 may kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Unda chegaralarni demarkatsiya qilish ishlari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘i bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.

Top