Zilzila episentri Kosonsoy tumanida 14 km chuqurlikda bo‘lgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, bugun 2024 yil 5 may kuni soat 13:16 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila episentri Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 71,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 14 km. Zilzila episentri Toshkentdan 194 km janubiy-sharqda.
Zilzilaning boshqa hududlarda sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:
- Kosonsoy tumanida 3 ball (8 km);
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball (14 km);
- Chortoq tumanida 2 ball (28 km);
- Namangan shahrida 2 ball (30 km);
- To‘raqo‘rg‘on tumanida 2 ball (34 km).