U o‘rtoqlari bilan birga onasiga tegishli mashinani ruxsatsiz olib chiqib ketgan va o‘quvchi qizni urib yuborgan.
29 aprel kuni Samarqand shahrida Cobalt mashinasi 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgan, oqibatda qiz tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgandi.
O‘sha kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahri O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizni urib yuborgan.
“Markaziy studiya” informatsion dasturi efirida berilgan lavhada aytilishicha, o‘sha kuni Cobalt boshqaruvida 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.
U onasiga tegishli mashinani o‘rtoqlari bilan ruxsatsiz olib chiqib ketgan va o‘quvchi qizni urib yuborgan.
Biroq Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining hodisadan 2 kun o‘tib, 1 may kuni tarqatgan xabarida haydovchining ham o‘quvchi bo‘lgani haqida hech narsa deyilmagandi.
- Bundan oldinroq Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi talabalarni urib yuborgani, YTH oqibatida ulardan biri shifoxonada vafot etgani xabar qilingandi.