08:05 / 16.05.2024
2900

Toshkentda ikkita avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Maxtumquli ko‘chasida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikkita avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 15 may kuni soat 12:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 1979 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli avtobusi va 1974 yilda tug‘ilgan K.A. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli avtobuslari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top