11:09 / 07.05.2024
1498

Kuvayt Toshkent viloyatida qurilish sohasidagi yangi loyihalarga sarmoya kiritmoqchi

Kuvaytning Kuwait Investment Co. kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtiroki davomida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar Kuvayt tomoniga yetkazildi.

Kuwait Investment Co. kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali qurilish sohasidagi yangi sarmoyaviy loyihalarga investitsiya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hamkorlikni boshlash maqsadida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari va Kuwait Investment Co. kompaniyasi vitse-prezidenti boshchiligida ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top