Jamiyat | 16:15 / 15.05.2024
22414
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qoldi

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni tuproq ostidan olib chiqib, hayotini saqlab qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Foto: FVV

Andijon viloyatining Xonobod shahrida go‘rkovni qabr qaziyotganda tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 9:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borishgan.

Maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. Tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida ekani ta’kidlangan. 

Avvalroq Zangiota tumani Harakat mahallasida joylashgan uylarning birida qutqaruvchilar taxminan 5 metrli hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid