08:10 / 16.05.2024
2940

Germaniya TIV: Ukrainalik millatchilar ushbu davlatdagi tinchlikka tahdid solmayapti

Ukraina qurolli kuchlarining Germaniyada o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlari davomida ukrainaliklar o‘ng qanot ekstremistik ramzlarni kiyib yurishi bilan bog‘liq alohida holatlar aniqlandi, deya xabar beradi Germaniya TIV. Bu askarlar kursdan olib tashlandi va uylariga jo‘natildi, deya qo‘shimcha qildi Berlin.

Foto: Sascha Steinach/dpa/picture-alliance

Germaniya hukumati Ukrainadagi ehtimoliy tinchlik kelishuviga radikal ukrain millatchilari tomonidan tahdidni ko‘rmayapti. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligining 15 may, chorshanba kuni e’lon qilingan «Germaniya uchun muqobil» o‘ng qanot populistik partiyasi fraksiyasining yozma so‘roviga javobida aytilgan. «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi zamirida aynan rus imperializmi turibdi, bu xalqaro huquqni buzadi va Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi», deyiladi hujjatda.

Germaniya qurolli kuchlari (bundesver) tomonidan o‘tkazilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar uchun o‘quv kursi davomida o‘ng qanot ekstremistik ramzlarni kiyishning yettita holati qayd etilgan, deyiladi javob xabarida. Bu ukrainalik askarlarni tayyorlash Ukraina Qurolli kuchlari bilan kelishilgan holda darhol to‘xtatildi va harbiy xizmatchilarning o‘zlari uylariga jo‘natildi, deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

Germaniya tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, ukrainaliklar bilan o‘quv dasturi doirasida ishlayotgan nemis askarlari muntazam ravishda o‘ng qanot ekstremistik ramzlar bo‘yicha ko‘rsatmalar oladi. Bundan tashqari, ukrainalik harbiylar Germaniyaga yetib kelgach, fashistlar ramzlari bo‘yicha xuddi shunday mashg‘ulotlardan o‘tgan, deya tushuntirdi Germaniya hukumati.

Mavzuga oid
Top