Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 14 kishi halok bo‘ldi
Iordaniyalik ziyoratchilarning o‘limiga issiq ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida Iordaniyadan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Yana 17 nafar ziyoratchi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Qayd qilinishicha, haddan tashqari jazirama issiq tufayli kamida 6 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi, 17 iyun kuni kechqurun Makkada havo harorati +47°S edi.
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati keskin ko‘tarilishidan ogohlantirdi va ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslikni so‘radi.
Avvalroq, Saudiya Arabistonida noqonuniy Haj qilgan 300 mingdan ortiq kishi aniqlangani, ularning ko‘pchiligi ziyorat vizasi o‘rniga turistik viza bilan Hajni bajarishga harakat qilgani haqida xabar berilgan edi.
Bu yilgi Haj mavsumi 19 iyungacha davom etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
15:51 / 25.11.2024