Toshkent viloyatida 6 yoshli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 60 yoshli shaxsga jinoyat ishi ochildi
Nurafshon shahrida 60 yoshli erkak 6 yoshli qo‘shnisiga tegajog‘lik qilganlikda ayblanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro Y.N.ning murojaati kelib tushdi. Unda aytilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni qo‘shnisi, 1964 yilda tug‘ilgan S.Sh. 2018 yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holatni bolalar ombudsmani nazoratiga oldi. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. 19 iyun kuni Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan S.Sh.ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi 2-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kecha, 20 iyun kuni sudga S.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritildi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur jinoyat ishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettiradi.
Mavzuga oid
11:06 / 20.12.2024
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutkaga qamaldi
20:49 / 19.11.2024
Toshkent viloyatida salkam 7 kiloli chaqaloq tug‘ildi
12:10 / 31.10.2024
Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:51 / 11.10.2024