Jamiyat | 20:49 / 19.11.2024
12600
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida salkam 7 kiloli chaqaloq tug‘ildi

Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Toshkent viloyati Nurafshon shahar tug‘uruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

«Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir», — deyiladi xabarda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. U bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil aprelda Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kiloli qizaloq tug‘ilgan edi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 355,4 ming nafarni tashkil etmoqda. Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonda 693,9 nafar tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 716, 9 ming kishini tashkil etgan. Hisobot davrida tug‘ilishlar soni 3,2 foizga qisqargan.

Mavzuga oid