Qizil dengizdagi otishmalar sabab Singapurda yuk kemalari va konteynerlar to‘planib qoldi - Reuters
Yuk kemalari Singapurda joylashgan dunyodagi eng yirik bandargohda bir necha kunlab ortilgan yuklar tushirilishi va o‘rniga boshqa yuklar ortilishini kutib qolmoqda, deb yozmoqda Reuters.

Foto: Reuters
Bunga Qizil dengizda yamanlik husiychilar tomonidan kemalarning o‘qqa tutilishi va tovarlarni yetkazib berish zanjirini ishdan chiqargani sabab bo‘lmoqda.
Qizil dengizdagi muntazam hujumlardan so‘ng kema tashuv xizmati operatorlari Afrika qit’asini aylanib uzoqroq yo‘nalishni tanlashga majbur bo‘lishmoqda. O‘z o‘zidan, bu qatnovlar sonining kamayishiga olib kelgan, kemalar esa shundoq ham uzaygan reyslarni yanada uzaytirmaslik uchun portlarga kamroq kiradigan bo‘lishgan.
Singapur esa yuklarni tashish yo‘nalishidagi asosiy oraliq portga aylanib qolgan: bu yerga yuklar va konteynerlar bir kemalarda keltiriladi va yakuniy manzilga jo‘natish uchun boshqa kemalarga ortioladi.
Linerlytica tahlil kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon portlarining yuklamasi 18 oylik maksimumga yetgan, bu holatda langar tashlab turgan kemalarning 60 foizi Osiyo qit’asida joylashgan. Iyun oyining o‘rtalariga kelib, portlarda yuk tushirilishi ortishini kutayotgan kemalarning umumiy sig‘imi 2,4 mln 20 futli konteyner birligiga tenglashgan. Bu holda, yanvar-may oylarida Singapurda yuklarni saralashning o‘rtacha hajmi 22 foizga o‘sgan.
May oyi so‘ngida Singapur dengiz va port boshqarmasi konteyner tashuvchi kemalarning o‘rtacha kutish vaqti ikki-uch kunni tashkil etayotganini xabar bergan edi. Biroq Linerlytica va PortCast ushlanish bir haftagacha davom etayotganini ta’kidlamoqda. Oddiy sharoitlarda to‘xtalish bir sutkadan oshmagan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

23:03 / 24.06.2025
Bortida 3 mingta avtomobil bo‘lgan kema Tinch okeanida cho‘kib ketdi

18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi

10:49 / 26.03.2025
Husiychilar Qizil dengizda AQSh harbiy kemalariga zarba berilganini ma’lum qildi

13:42 / 17.03.2025