Jahon | 22:29 / 24.07.2024
4528
1 daqiqa o‘qiladi

Shols Germaniya kansleri lavozimiga qayta saylanish niyatini e’lon qildi

Navbatdagi saylov 2025 yilda o‘tkaziladi.

Foto: zdf.de

Germaniya kansleri Olaf Shols 2025 yilda hukumat rahbari lavozimiga qayta saylanish niyati borligini ma’lum qildi.

«Kansler sifatida men yana kansler bo‘lish uchun nomzodimni qo‘yaman», dedi Shols an’anaviy yozgi matbuot anjumanida.

Shols o‘zining sotsial-demokratik partiyasi (SDP) va hukmron koalitsiyaning reytinglari past bo‘lishiga, shuningdek, partiyasi Yevropa parlamenti saylovlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay ilgari ham shunday bayonotlarni bergan edi.

Shols 2021 yildan beri Germaniya kansleri hisoblanadi. Germaniyada kansler Bundestag tomonidan saylanadi. Navbatdagi saylov 2025 yilda o‘tkaziladi.

Mavzuga oid