Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
Erkak velosipedda 7 va 4 yoshli qizlarini mindirgan holda yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Mast holatda Nexia mashinasini boshqarib kelgan haydovchi ularni urib yuborgan. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida vafot etgan. Haydovchi qamoqqa olingan.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, YTH 2024 yilning 14 iyul kuni soat 13:20 larda tumanning Bog‘ot mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1980 yilda tug‘ilgan Sh.Q. «Bog‘ot – Jarboshi» avtomobil yo‘lining «Bog‘ot» yo‘nalishida mast holatda Nexia mashinasini boshqarib borib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning chetki qismida ikki nafar voyaga yetmagan farzandini mindirgan holda velosipedda harakatlanib ketayotgan O‘.Q.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida O‘.Q. hamda uning 2019 yilda tug‘ilgan qizi A.R. hodisa joyida vafot etgan. 2017 yilda tug‘ilgan ikkinchi qizi R.R. esa tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Avvalroq Farg‘onada 4 piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamalgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024