O‘zbekiston Afg‘onistonning Naibobod temiryo‘l stansiyasining ta’mirlash ishlarini yakunladi
«Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lining bir qismi bo‘lgan ushbu stansiyani qo‘shni davlatlardan tijorat tovarlarini tashish uchun mintaqaviy chorrahaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
7 avgust kuni Afg‘onistonda Naibobod temiryo‘l stansiyasini foydalanishga topshirish marosimi o‘tkazildi.
Unda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Birodar, mahalliy amaldorlar va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etdi. Ta’mirlash ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli va «Sogdiana Trans» korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Xabarga ko‘ra, marosim davomida Naibobod stansiyasiga birinchi yuk vagonlari keldi, bu esa mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishini anglatadi.
«Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lining umumiy uzunligi 75 km. U 2010 yilda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qurilgan. Qurilish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 129 million dollar mablag‘ sarflangan. Mazkur liniya O‘zbekistonda amaldagi texnik standartlar va talablarga muvofiq signalizatsiya, telekommunikatsiya va elektr ta’minoti qurilmalari bilan jihozlangan. Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘lini ta’mirlash ishlari joriy yilning fevral oyida boshlangan va unga 6,3 million dollar sarflangan.
Bu liniyaning ahamiyati shundaki, u Afg‘oniston va mintaqaning boshqa davlatlari o‘rtasida yuk tashish narxlarini pasaytiradi.
Afg‘onistonning jamoat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Iso Soniy «Hayraton - Mozori Sharif» temiryo‘lini qo‘shni davlatlardan tijorat tovarlarini tashish uchun mintaqaviy chorrahaga aylantirish niyatida ekanini aytdi.
«O‘zbekiston bilan qo‘shma delegatsiyamiz Jauzjonga, keyin Faryob va Bodg‘isga, so‘ngra Hirot, Nimroz, Farah, Hilmand va Qandahorga boradi. Xudo xohlasa, bu yo‘l Pokistongacha quriladi», dedi u.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

00:59 / 21.06.2025
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025