Isroil AQShning G‘azo bo‘yicha sulh tuzish va asirlarni ozod etish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Isroilga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken erishilgan kelishuvlar mohiyatiga aniqlik kiritmadi. U Netanyaxu bilan uchrashuvdan keyin darhol Qatarga, so‘ng muzokaralarni davom ettirish uchun Misrga yo‘l oladi.

Foto: Getty Images
Isroil AQShning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni ozod etish borasidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi davlat kotibi Entoni Blinken.
Blinken Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvidan keyin bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «keyingi muhim qadam — HAMAS «ha», deyishida qoldi».
AQSh davlat kotibi erishilgan kelishuvlar mohiyatiga aniqlik kiritmadi. U Netanyaxu bilan uchrashuvdan keyin darhol Qatarga, so‘ng muzokaralarni davom ettirish uchun Misrga yo‘l oladi.
G‘azoda sulh bo‘yicha muzokaralar va asirlarning ozod etilishi haqidagi gap-so‘zlari oxirgi haftalarda ko‘p muhokama qilindi. Diplomatlar erishilajak bitim Tehronda HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya va Bayrutda «Hizbulloh» yetakchisining katta maslahatchisi Fuad Shukr o‘ldirilganidan keyin qasos olishni va’da qilgan «Hizbulloh» va Eronni to‘xtatib turishiga umid qilmoqda. The New York Times 17 avgust kuni Eron G‘azo bo‘yicha muzokaralarga putur yetkazmaslik uchun Isroilga zarba berishni kechiktirishga rozi bo‘lgani haqida yozgan edi.
Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatda mintaqadagi keskinlikni kamaytirish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish muhimligini ta’kidlagan edi. «Men yana barcha asirlarni ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitim tuzish va uzluksiz insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha chaqiriqni takrorladim», — deb yozadi hindistonlik siyosatchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

19:11 / 14.03.2025
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025