Samarqandda mast haydovchi ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
Hodisa Kattaqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birida, ichki yo‘lda sodir bo‘lgan.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida haydovchi mast qiluvchi ichimlik ta’sirida mashina boshqarib ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida xabar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 17 avgust kuni mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilib Lasetti mashinasini boshqargan haydovchi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ichki yo‘llardan birida boshqaruvni yo‘qotgan.
So‘ng mashina fuqarolardan biriga tegishli uyning darvozasiga zarb bilan urilgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar keksa yoshdagi fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi tan jarohatlari olgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:06 / 04.01.2025
Samarqandda 1,33 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
20:26 / 03.01.2025
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35 / 26.12.2024