Sudanda sahnida rossiyaliklar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi
Samolyot insonparvarlik yordamini yetkazish uchun parvoz qilgan va xatolik tufayli urib tushirilgan bo‘lishi mumkin.
Sudanda (Sharqiy Afrikadagi davlat) yuk samolyoti urib tushirildi. Taxminlarga ko‘ra, uning sahnida rossiyaliklar bo‘lgan. Bu haqda Rossiya elchixonasiga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd qilinishicha, samolyotning urib tushirilishi uchun mas’uliyatni avvalroq hukumatga yaqin bo‘lgan Tezkor harakat kuchlarining (RSF) harbiylashtirilgan tashkiloti isyonchilari o‘z zimmasiga olgan.
«O‘lganlardan biri - Airline Transport Incorporation FZC bosh muhandisi Viktor Granov. U bilan birga yana bir qancha hamkasblari bo‘lgan. Rossiya elchixonasi mahalliy hokimiyat bilan aloqada bo‘lib, sodir bo‘lgan voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda», deyilgan xabarda.
Rossiyaning Sudandagi elchixonasi halokat zonasi janglar davom etayotgan Darfurda joylashgani bilan vaziyatni murakkablashtirganini qayd etdi.
OAV shuningdek, samolyot BAA tomonidan ijaraga olingani va uning manzili Bishkekda, «Manas» xalqaro aeroportida ekani haqida ham yozmoqda. Aftidan, sahnida BAAdan Chadga yuborilgan insonparvarlik yordami bo‘lgan, biroq samolyot xatolik tufayli urib tushirilgan.
Mavzuga oid
09:51 / 19.12.2024
Sudan Rossiya harbiy-dengiz bazasini joylashtirishdan bosh tortdi
12:37 / 14.12.2024
Fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokatlar
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024