Jahon | 17:21 / 06.11.2024
4671
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi

Qirg‘izistonda o‘tgan sammitda Turk dunyosi Xartiyasi qabul qilindi. Shuningdek, bir qancha tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) Bishkekdagi sammiti yakunlari bo‘yicha sakkizta hujjat imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Imzolangan hujjatlar:

1. Turkiy davlatlar tashkiloti 11-sammitining deklaratsiyasi;

2. «Turk dunyosining yashil qarashi: barqaror kelajak birligi» qarori;

3. Bishkekni 2025 yilda Turkiy davlatlar tashkilotining raqamli poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;

4. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni «Turk dunyosining eng oliy ordeni» bilan taqdirlash qarori;

5. Turk dunyosi Xartiyasini qabul qilish qarori;

6. Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosarlarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror;

7. «Turkiy davlatlar tashkilotining doimiy vakillari to‘g‘risidagi nizom» to‘g‘risidagi qaror;

8. TDT bayrog‘i haqidagi qaror.

Mavzuga oid