Energiya resurslaridan qarzni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan gazchi va hisobchi ushlandi
Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida “svet” hamda gazdan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan gazchi va hisobchi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Bulung‘ur tumanida tumangaz ta’minoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida ko‘rik davomida tabiiy gaz ta’minotidan aniqlangan 1,6 mln so‘m zararni 14 mln so‘m ekanini aytgan.
U go‘yoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Olmaliq shahar ETK hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Do‘stlik” MFYdagi uyining elektr ta’minotidan 5 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 07.12.2024
Uch hududda 700 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
10:53 / 06.12.2024
Putin RFga gaz uchun Gazprombank orqali to‘lash talabini bekor qildi
08:50 / 06.12.2024