Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi
Hozir ilon «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markaziga topshirilgani ta’kidlanmoqda.
Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M. Qizil kitobga kiritilgan, mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan «Yo‘lbars pitoni»ni saqlab kelayotgani aniqlandi.
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabariga ko‘ra, bo‘g‘ma ilonning uzunligi 2,78 metr, eni 28 sm. Bunday ilonlar tutqunlikda 25 yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
Qayd qilinishicha, hozir ilon «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markazida vaqtincha saqlanmoqda.
Ilonni uyda saqlayotgan fuqaroga qanday chora ko‘rilgani xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid
19:06 / 04.01.2025
Samarqandda 1,33 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
20:26 / 03.01.2025
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35 / 26.12.2024