Braziliya prezidenti miyaga qon quyilishi sabab shifoxonaga yotqizildi
79 yoshli Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva oktyabr oyida o‘z qarorgohida yiqilib tushgan edi. Qon quyilishi ushbu hodisaning asorati ekani aytilmoqda.
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva miyaga qon quyilishi natijasida operatsiya qilindi, hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda, deb xabar beradi Globo nashri.
Qayd etilishicha, 9 dekabr kuni kechqurun Braziliya prezidenti boshida og‘riq his qilgani tufayli shifoxonaga yotqizilgan. MRT «19 oktyabr kungi baxtsiz hodisa oqibatida yuzaga kelgan» ichki qon quyilishini ko‘rsatgan. O‘shanda Lula da Silva ensasi bilan yiqilib tushgandi.
Shifokorlar prezidentni kraniotomiya qilgan — bunda bemorning bosh suyagi ochiladi. Operatsiya gematomalarni olib tashlash maqsadida o‘tkazilgan.
Sirio-Libanes shifoxonasi bayonotida aytilishicha, operatsiya muammosiz o‘tgan. «Ayni vaqtida prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda, intensiv terapiya palatasida nazorat ostida qolmoqda», — deyiladi xabarda.
20 oktyabr kuni Lula da Silva sog‘lig‘idagi muammo tufayli Qozonda o‘tkazilgan BRIKS sammitiga tashrifini bekor qilgandi. U o‘z qarorgohida bo‘lgan vaqtda yiqilib tushgan. Tibbiyot xodimlari prezidentga yordam ko‘rsatib, uni shifoxonaga yotqizish shart emas, degan xulosaga kelgan. Lula da Silva hozirda 79 yoshda.
Mavzuga oid
23:46 / 26.05.2023
Braziliya prezidenti Rossiyaga borishdan bosh tortdi
11:02 / 26.04.2023
Braziliya prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini «aqldan ozish» deb atadi
07:38 / 17.04.2023
Braziliya prezidenti Ukraina masalasida vositachilik qilmoqchi
13:43 / 11.02.2023