Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bugun, 13 dekabr kuni Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni qabul qildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, uçraşuvda Sadir Japarov Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi madaniy döstlik riştalarini mustahkamlaşda muhim böğin bölib, muştarak tarix, til, madaniyat va an’analar bilan boğlanganini alohida ta’kidlagan.

«Xalqlarimizni köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalari birlaştirib turadi. 1992 yilda diplomatik munosabatlar örnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalar yangi bosqiçga kötarildi va bu hamkorlikni mustahkamlaşda madaniyat muhim örin tutadi», — degan Sadir Japarov.

Şuningdek, Qirğiziston prezidenti 2025 yilda Qirğizistonda bölib ötadigan Özbekiston madaniyati kunlari ikki xalqning yanada yaqinlaşişida muhim voqea bölişiga işonç bildirgan.

Sadir Japarov Ozodbek Nazarbekovni Qirğiziston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlangani bilan tabriklab, uning mamlakatlar örtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantiriş va döstlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasini qayd etgan.

Eslatib ötamiz, sentabr oyida Qirğiziston milliy filarmoniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va boş dirijyori Nur Omurbayevga Özbekiston xalq artisti faxriy unvoni, Qirğizistondagi erkin ijodkor, komuz sozandasi Duyşenbek uulu Zakirbekka Özbekistonda xizmat körsatgan artist faxriy unvoni berilgan edi.