Özbekiston prezidenti “Qirğiziston Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar beriş töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Mamlakatlar örtasidagi azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari hamda strategik şeriklik aloqalarini rivojlantiriş, özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş borasidagi katta xizmatlari, özining yorqin va betakror iste’dodi, musiqa va qöşiqçilik yönalişidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida muloqotni kengaytiriş, muştarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylaş va boyitişga qöşgan munosib hissasi, qardoş xalqlar orasidagi birodarlik riştalarini mustahkamlaş yölidagi ibratli işlari uçun Qirğiziston madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berildi.
Unga köra:
T.Satilganov nomidagi Qirğiziston milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va boş dirijyori Omurbayev Nur Santaşeviç «Özbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan;
Qirğiziston Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi Duyşenbek uulu Zakirbek «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov esa «Qirğiziston faxriy unvonlarini beriş töğrisida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari devoni axborot siyosati bölimi xabar berdi.
Farmonga köra, Qirğiziston va Özbekiston örtasida madaniyat va san’at sohasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan salmoqli hissasi uçun madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga «Qirğiziston xalq artisti» faxriy unvoni berildi.
Bundan taşqari, «Qirğizistonda xizmat körsatgan artist» faxriy unvoni bilan Yunus Rajabiy nomidagi Özbekiston milliy musiqa san’ati instituti «An’anaviy maqom ijroçiligi» kafedrasi katta öqituvçisi Farangiz Nuriddin qizi Mahmudova taqdirlandi.








