Özbekistonda 1 AQŞ dollarining sömga nisbatan Markaziy bank kursi ikki kunda 33 sömga qimmatlab, ilk marta 12 890 sömdan oşdi.

14 dekabr kuni belgilangan kurs – 12 892,97 söm – milliy valuta uçun dollarga nisbatan tarixiy minimum böldi.

Yil boşidan buyon sömning Amerika valutasiga nisbatan qadrsizlanişi 4,4 foizni taşkil etmoqda. Bu körsatkiç 2022 yilda 3,9 foiz, 2023 yilda esa 9,7 foiz bölgandi.

  • Xorijiy valutalarning sömga nisbatan Markaziy bank belgilaydigan kursi buxgalteriya, statistika va boşqa hisobot maqsadlari uçun, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun işlatiladi.

14 dekabrda aksariyat banklarda 1 AQŞ dollari 12 900 – 12 940 sömlik diapazonda sotildi. Sotib oliş kursi esa deyarli barça banklarda 12 820 – 12 830 sömni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, 2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi örtaça yillik 13 250 sömdan hisoblangan. Örtaça kurs 2026 yilda 13 725 söm, 2027 yilda 14 150 söm bölişi prognoz qilingan.

Avvalroq Markaziy bank eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboşlaşda çeklovlar yöqligini ma’lum qilgandi.