O‘zbekiston | 11:10
2178
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga o‘tgan 10 oyda import qilingan elektromobillar soni ma’lum qilindi

Elektromobillar eng ko‘p Xitoydan import qilingan. Ular orasida hatto okean ortidan, AQShdan keltirilganlari ham bor.

Foto: Megawatt Motors

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan 20 190 ta elektromobil import qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ularning qiymati 202,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 730 taga oshgan.  

10 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 20 082 ta

— Qozog‘iston – 51 ta

— Hongkong – 17 ta

— Germaniya – 14 ta 

— BAA – 10 ta

— AQSh – 10 ta

Mavzuga oid