Jamiyat | 07:49
1722
1 daqiqa o‘qiladi

6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan qator tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Xiva tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, 1,8 kgdan ziyod og‘irlikdagi marixuana yashirincha saqlanayotgani aniqlandi. 

Shuningdek, Xonqa tumanida shubha ostiga olingan shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirilganida, xonadon chordog‘ida 2 kgdan ziyod marixuana saqlanayotgani fosh bo‘ldi. 

Xiva tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxsning uyida 2,6 kgdan ziyod marixuana hamda 3,7 gramm “gashish” borligi aniqlandi. 

Barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid