O‘zbekiston | 17:00 / 16.12.2024
2047
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Biznesni rivojlantirish bankining yangi bank xizmatlari markazlari ochildi

Foto: Biznesni rivojlantirish banki

Biznesni rivojlantirish banki ATB moliyaviy xizmatlar bozoridagi kuchli raqobat sharoitiga faol moslashuv orqali o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. 

Mijozlarga taklif etilayotgan zamonaviy va qulay xizmatlar, yuqori daromadli omonatlar, hisob raqamlarini ishonchli boshqarish bankning barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda bankda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 15 ta standart ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan. Eng muhimi, bank xizmat ko‘rsatish ofislari va Bank xizmatlari markazlari faoliyati mijozlarga yo‘naltirilganlik modeli asosida tashkil etilmoqda.

Hozirda Biznesni rivojlantirish banki tuzilmalari orqali respublika miqyosida 1,6 mln. nafardan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shu kunlarda bank xizmatlari markazlari yana ikkitaga ko‘paydi.

G‘azalkent shahri va Sho‘rchi tumanida faoliyat boshlagan mazkur markazlarda mahalliy aholi va tadbirkorlar uchun innovatsion yechimlar va qulay shartlar asosida xizmatlar ko‘rsatila boshlandi.

Endilikda mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish uchun viloyat markaziga borishi shart emas. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun valuta ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari, mikroqarz olish, biznes vakillariga hisob raqam ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi.

Biznesni rivojlantirish banki har doim mijozlarga yaqin bo‘lishga va ularning ehtiyojlarini tez va samarali hal etishga intiladi!

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid