Qozog‘iston AZAL samolyotining qora qutilarini Braziliyaga jo‘natdi
Qozog‘iston halokatga uchragan Azerbaijan Airlines laynerining qora qutilarini Braziliyaga jo‘natdi. Qozog‘iston hukumat komissiyasi tergovning dastlabki natijalarini 30 kun ichida e’lon qiladi.
Azerbaijan Airlines samolyotining Oqtov yaqinida qulashi sabablarini o‘rganuvchi komissiya Braziliyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda 30 dekabr, dushanba kuni Qozog‘iston Transport vazirligining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, qora qutilar Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA)ga yetkaziladi.
Embraer Braziliya kompaniyasining samolyotidan olingan parvoz yozuvlari ma’lumotlarni olish uchun Janubiy Amerika davlatiga yuborildi, deb xabar qildi Reuters Braziliya harbiy-havo kuchlari bayonotiga tayanib.
Bortda ovoz yozish moslamasi va parvoz ma’lumotlarini yozish moslamasidan olingan ma’lumotlar Braziliya aviatadqiqotchilarining laboratoriyasida qayta ishlanadi va bu jarayon Qozog‘iston, Rossiya va Ozarboyjon vakillari tomonidan nazorat qilinadi. Braziliya harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, yozuvlar 31 dekabr kuni yetkaziladi.
Braziliya Oqtov yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga qo‘shildi
Braziliya Ozarboyjonning Embraer 190 samolyoti halokatini tergov qilishda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga o‘z harbiy-havo kuchlaridan (HHK) uch nafar tergovchini jo‘natdi, deb xabar berdi Braziliya harbiy-havo kuchlari vakillari 26 dekabr kuni kechqurun Reuters agentligiga.
Reuters xabariga ko‘ra, braziliyalik tergovchilar Qozog‘iston rasmiylari tomonidan sohada «13-ilova» yuridik nomi bilan mashhur bo‘lgan xalqaro qoidalar asosida olib borilayotgan tergovga «texnik yordam ko‘rsatadi».
Qozog‘istonning Lada agentligi xabar berganidek, Ozarboyjon vakillari, jumladan, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi va Azerbaijan Airlines (AZAL) delegatlari Oqtov yaqinidagi samolyot halokatini tekshirish uchun yetib kelishdi. Xabarda aytilishicha, samolyot ishlab chiqaruvchi Embraer va Braziliyaning CENIPA aviahalokatlarini tekshirish va oldini olish markazi mutaxassislari ham tergovga qo‘shilgan.
Mavzuga oid
13:10 / 01.01.2025
AZAL halokati: tergovning dastlabki natijalari 30 kun ichida e’lon qilinadi
16:46 / 31.12.2024
Qozog‘istonda qulagan Ozarboyjon samolyoti: Rossiyaning xatosi nimada?
11:50 / 31.12.2024
Shols RF urushini AZAL samolyoti halokati sababi deb atadi
01:04 / 31.12.2024