Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega
Ikki haftadan so‘ng o‘z lavozimini tark etadigan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken The New York Times gazetasiga bergan uzun intervyusida Ukrainadagi urush va uni to‘xtatish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Andrew Caballero-Reynolds/AP Photo/picture alliance
AQSh ma’muriyatining iste’foga chiqadigan davlat kotibi Entoni Blinken The New York Times (NYT) gazetasiga intervyu berdi. Blinken 4 yanvar, shanba kuni Amerika gazetasi tomonidan chop etilgan maqolasida: «Biz Rossiyaning hamkorlikka tayyor ekanligiga dalolat ko‘rmayapmiz», dedi. Bundan tashqari, davlat kotibining ta’kidlashicha, «agar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lsa, bu Putinga dam olish va qayta qurollanish uchun vaqt beradi, shunda u yana hujum qilishi mumkin».
Shu bilan birga, Davlat departamenti rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushining boshidanoq prezident Jo Bayden ma’muriyati «Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroning oldini olish uchun hamma narsani qilganini aytdi». Siyosatchi Ukrainadagi to‘liq miqyosdagi harbiy mojaro haqida, bunga Qo‘shma Shtatlar tomonidan yo‘l qo‘yilganligi haqida shunday dedi: «Birinchi navbatda, biz tashlab ketayotgan narsa bu - Ukraina davlati, bu ko‘rinmas edi, chunki Putinning ambitsiyalari uni xaritadan o‘chirib tashlashdan iborat edi, biz Putinni to‘xtatdik, u muvaffaqiyatsizlikka uchradi Fikrimcha, u nafaqat omon qolish, balki farovon kelajak uchun salohiyatga ega».
Blinken: Ukraina kurashish yoki muzokara o‘tkazish haqida bir qarorga kelishi kerak
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 19 dekabr kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklar «jangni davom ettirish yoki muzokaralar olib borish va o‘t ochishni to‘xtatishga urinish bo‘yicha fundamental qaror qabul qilishi kerak» dedi. Uning qo‘shimcha qilishicha, asosiy savol: «Rossiya buni qilishga tayyormi?»
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbariyati Kiyev va AQSh keyingi ma’muriyatini 2025 yilda Kreml bilan potensial tinchlik muzokaralarini boshlash uchun eng yaxshi holatga keltirishni maqsad qilgan. «Va bu biz Ukrainaning jang maydonidagi pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qilishimiz, uning pul, o‘q-dori va safarbarlik salohiyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerakligini anglatadi», deb tushuntirdi u. Shu bilan birga, rasmiy Vashington «Rossiyaga maksimal bosim o‘tkazishda» davom etishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Entoni Blinkenning qo‘shimcha qilishicha, rus armiyasining jang maydonidagi yo‘qotishlari «favqulodda yuqori». «Yoshlar go‘sht qiymalagichga tashlanishda davom etmoqda», — dedi u.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

15:27 / 15.03.2025
Germaniyaning Ukrainaga yordami 3 milliard yevroga oshiriladi

13:12 / 15.03.2025
Zelenskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastida operatsiyani yakunladi

12:45 / 15.03.2025