Dunyoning qator mamlakatlarida metapnevmovirus infeksiyasi avj olayotgani, bu xastalikning COVID-19'dan ham xavfliroq ekani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qançalik asosli? Metapnevmovirus öz qanday infeksiya? Uning belgilari qanaqa? Kun.uz şu kabi savollar bilan Sanepidqömita boşqarma boşliği Rustamjon Ikromovga yuzlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy va Qozoğistonda metapnevmovirus tarqalgani haqida xabarlar köpaymoqda. Sanepidqömita boşqarma boşliği Rustamjon Ikromov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ularda metapnevmovirus haqida börttirib, asossiz ma’lumot tarqatilayotgani va bu virus yangi emasligini aytdi.

Mutaxassisga köra, metapnevmovirus umuman yangi emas, u ilk marta 60-yillarda aniqlangan. “Kasallikning ösib borayotgani töğrisida berilgan xabarlar har bir mamlakatning özidagi laboratoriya nazorati tahlillariga köra e’lon qilib boriladi. Ya’ni ayni vaqtda Xitoy va Qozoğistonda berilayotgan rasmiy xabarlarda bu kasallik yangi emasligi va aynan bugungi kundagi ötkir respirator infeksiyalarning ösiş fonida metapnevmovirusning köproq ösayotgani aytilyapti. Buni koronavirus infeksiyasidan oğirroq deb baholaş börttirişdan boşqa narsa emas. Vahimaga örin yöq”, – dedi Ikromov.

Mutaxassis, şuningdek, virus boşqa ötkir respirator infeksiyalar singari isitma, yötal, aksiriş, bronxlarda yalliğlaniş bronxit yoki bronxolit hamda öpkadagi yalliğlaniş, zotiljamga sabab bölişi mumkinligini ma’lum qildi. Metapnevmovirus ötkir respirator infeksiya bölgani uçun ham u havo tomçi va ifloslangan yuza orqali yuqadi.

“Özbekistonda esa ÖRVIning kirib kelişi, mavsum oldidan SSV va Sanepidqöm saytida körsatma xatlarida hududlarda qanday işlar amalga oşirilişi, qanday profilaktik çoralar köriş kerakligi yuzasidan körsatma xatlar yuborilgan va işlar öşanga mos taşkil etilgan. Davolaş böyiça Özbekistondagi har bir şifokorda malaka yetarli deb hisoblayman. Aynan ÖRVIning ortib boriş davrida aniq bitta statsionarni şu kasalni davolaşga qaratilgan holda moslaştiriş tajribasi ham bizda yuqori. Ya’ni ÖRVI qaysi hududda ortib ketayotgan bölsa, şu hududda ma’lum bir statsionar boşqa kasalni qabul qilmaydi, faqat ÖRVIni qabul qiladi”, – dedi u.

Ikromov ma’lumotiga köra, Özbekistonda ham metapnevmovirusga çalingan fuqarolar aniqlangan. Bu umumiy aniqlangan bemorlarning 2/10 foizini taşkil qiladi. Undan köproğini esa renovirus kabi infeksiyalar egallagan.

“Boşqa ÖRVIda 6-7 kunda davolaş samaralari bilinsa, bunda 10-12 kungaça borişi mumkin. Davolaşga keladigan bölsak, aynan metapnevmovirusning öziga ta’sir qiluvçi preparat dunyo böyiça ham yöq. Lekin u keltirib çiqaradigan kasallik belgilariga qarab davolaş usullari samarali işlab turibdi. Ya’ni yötal, isitma va yalliğlanişga qarşi köriladigan davo çoralari samarali va Özbekistonda ham bu usuldan foydalangan holda davolaş samarali amalga oşirib kelinmoqda”, – dedi Sanepidqömita mutaxassisi.

Ta’kidlanişiça, virus 14 yoşgaça bölgan bolalar, immunitet tizimi zaif va yondoş kasalliklari bölgan fuqarolar va yoşi kattalarda asoratli ötişi kuzatiladi.

Ikromov metapnevmovirusga qarşi vaksina yöqligi va bu virus pandemiya keltirib çiqarmasligini qöşimça qildi.

“Pandemiya keltirib çiqarişi mumkin bölgan infeksiyalar nuqtai nazaridan olib qaraydigan bölsak, butun dunyoda respirator infeksiyalar potensial pandemiya keltirib çiqaruvçisi sifatida qaraladi. Muloqot orqali yuqadigan kasallik tez va keng tarqaliş xususiyatiga ega. Lekin metapnevmovirus pandemiya keltirib çiqaruvçi sifatida qaralmaydi”, – dedi u.

Profilaktika çoralari sifatida quyidagilar ta’kidlandi:

– şaxsiy gigiyenaga rioya qiliş;

– antiseptiklardan töğri foydalangan holda yuza qism va qöllarni doimiy toza saqlaş;

– tibbiy niqobdan foydalaniş;

– kasallangan fuqaro öz-özini alohidalaşi, aholi gavjum joylarga taşrif buyurmasligi kerak.

Zuhra Abduhalimova, Kun.uz