O‘zbekiston | 21:09 / 06.01.2025
3743
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida yana zilzila sodir bo‘ldi

Yerosti silkinishlarining episentri Tomdi tumanida joylashgan. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 kilometr.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, 6 yanvar kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da zilzila sodir bo‘ldi.

Episentr: Navoiy viloyati, Tomdi tumani.

Zilzila koordinatalari: 41,92 gradus shimoliy kenglik; 65,08 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 352 kilometr shimoli-g‘arbda.

2 yanvar kuni ham Navoiy viloyatida zilzila kuzatilgan edi — 3,3 magnitudali yerosti silkinishlarining episentri Tomdi tumanida joylashgan.

Mavzuga oid