Kongress palatalarining qöşma yiğilişiga Kamala Harris raislik qildi, deb xabar beradi The Guardian.
Trampning ğalabasi tasdiqlanganini prezidentlik saylovlarida unga raqiblik qilgan, AQŞning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris e’lon qildi.
Tramp saylovçilarning 312 ta ovozini qölga kiritgan. Harris bu haqida e’lon qilganidan keyin respublikaçilar öz qarsak va hayqiriqlari bilan uning çiqişini uzib qöygan. Bir neça soniyadan keyin Harris saylovçilarning 226 ta ovozini qölga kiritganini aytgan, şundan söng demokratlar qarsak çalişga ötgan.
Tört yil oldin, 2021 yil 6 yanvarda prezidentlik saylovi natijalari va Jo Baydenning undagi ğalabasi tasdiqlanadigan kunda Kongress yiğilişi bir neça soatga töxtatib qöyilgan edi — bunga Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgani sabab bölgan.
Tramp ğalaba qozongan prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabr kuni bölib ötgandi, uning inauguratsiyasi 20 yanvar sanasiga rejalaştirilgan.








