Milliy banklararo protsessing markazi (Humo) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylaştiriş böyiça kelişuvga erişildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, oçiq savdo jarayonlarining majburiyatga ega takliflar (BO)ni taqdim etiş bosqiçida 6 nafar talabgor iştirok etiş uçun taklif qilingan. Jarayonga Deloitte xalqaro kompaniyasi konsultant bölgan.
Belgilangan muddatlarda konsultantga jamiyatni sotib oliş böyiça 3 nafar talabgordan majburiyatga ega takliflar (BO) kelib tuşgan hamda 65 mln dollar miqdoridagi eng yuqori xarid bahosini taklif qilgan “Paynet” AJ savdo ğolibi deb topilgan.
“Mazkur taklif konsultant tomonidan hisoblangan jamiyatni sotiş mumkin bölgan indikativ narxlar oraliğida joylaşgan hamda xalqaro mustaqil baholovçi KPMG tomonidan baholangan qiymatidan yuqori.
Talabgor kelgusida jamiyatga tegişli “Humo” tölov tizimini barqaror va uzluksiz işlaşini ta’minlaşga qaratilgan qöşimça tadbirlarni amalga oşiriş böyiça majburiyatlarni, şuningdek, tizim foydalanuvçilarining konfidensial (şaxsiy va bank) ma’lumotlarini himoya qilişni zimmasiga olgan”, deyiladi xabarda.
Humo tölov tizimi haqida
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank tölov kartalariga asoslangan Humo tölov tizimi Özbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oşirişga möljallangan bölib, Özbekiston tölov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat tölov tizimining operatori faoliyatini amalga oşirişga doir Markaziy bankning tegişli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd söm.
Ayni paytda 27 milliondan ortiq Humo kartalari çiqarilgan bölib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar örnatilgan.
Ötgan yilning aprel oyida Özbekistonda yangi xususiylaştiriş dasturi e’lon qilingandi. Undan bir qator yirik davlat korxonalari qatorida Humo tölov tizimini ham xususiylaştiriş rejalari örin olgandi.








