Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti bo‘yicha 27 ayblanuvchi borligini ma’lum qildi
Bundan tashqari, teraktni tashkil etish, tayyorlash va moliyalashtirishga aloqadorlikda gumonlanayotgan boshqa shaxslar ham tergov qilinayotgani aytildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt bo‘yicha ochilgan jinoyat ishiga 27 nafar ayblanuvchini jalb qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bastrikinning ta’kidlashicha, 27 nafar ayblanuvchidan tashqari, teraktni tashkil etish, tayyorlash va moliyalashtirishga aloqadorlikda gumonlanayotgan boshqa shaxslar ham tergov qilinmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti ishi bo‘yicha ayblanuvchilar o‘rtasida «yagona pul yig‘ish markazi» orqali moliyaviy aloqalarni aniqlagan va uni tekshirish davom etmoqda.
Bastrikin 146 kishi halok bo‘lgan teraktni o‘tgan yilning eng jiddiy va fojiali voqeasi deb atadi.
Terakt 2024 yil 22 mart kuni kechqurun Moskva viloyatining Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bo‘ldi. Zalga qurollangan shaxslar bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzdi. Shundan so‘ng portlash sodir bo‘lib, yong‘in chiqdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktda 146 kishi halok bo‘lgan, yana 551 kishi jarohatlangan.
23 mart kuni ertalab Bryansk viloyatida teraktning ehtimoliy ijrochilari qo‘lga olindi: Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov – barchasi Tojikiston fuqarolari.
Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik harakati (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) may oyida yana 20 nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar berdi. Oktyabr oyida ularning «Viloyat Xuroson» terrorchi guruhiga aloqadorligi aytildi.
Tavsiya etamiz
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Trampga uchinchi muddatga saylanishga ruxsat berish taklif etildi
Jahon | 18:13
-
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 17:58
-
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 17:49
Mavzuga oid
00:50 / 23.01.2025
Bavariyada afg‘onistonlik erkak bolalarga pichoq bilan hujum qildi. Ikki kishi halok bo‘ldi
20:41 / 22.01.2025
Turkiyada terakt sodir qilgan O‘zbekiston fuqarosiga 40 ta umrbod qamoq jazosi tasdiqlandi
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
15:20 / 16.01.2025